Sariosiyo tumani hokimligi-Abdisalom Xujaqulovning fuqarolar qabuli boʻlib oʻtdi
...
15.10.2022
163 marta o'qildi

Bugun, 15 oktabr kuni Sariosiyo tumani hokimligi katta majlislar zalida tuman hokimi Abdisalom Xujaqulovning fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Qabulda sektor rahbarlari, tuman hokimining sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Sariosiyo tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Oydin Jo‘rabekova, tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Qabulda moddiy yordam, ichimlik suvi, ijtimoiy himoya, kredit, uy-joy, yer va shu kabi masalalarda murojaat qilib kelgan 35 nafar fuqarolarning murojaatlari ko'rib chiqildi. Ba'zi masalalar shu yerning o'zida o'z yechimini topgan bo'lsa qolgan vaqt va mablag‘ talab qiluvchi murojaatlarning yechimi yuzasidan muddat belgilanib, tegishliligi bo‘yicha mutasaddilarga yo‘naltirildi hamda ijrosi qatʼiy nazoratga olindi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?