Bugun, 9 noyabr kuni Sariosiyo tumani hokimi, 1-sektor rahbari Abdisalom Xujaqulov tumanning eng chekka hududlarida yashovchi aholining mavjud muammolarni o‘rganish va ularni tizimli hal qilish maqsadida tog'li hudud hisoblangan "Xufar" mahallasi aholi vakillari bilan uchrashdi.
Uchrashuv avvalida tuman hokimi aholining turmush tarzi bilan yaqindan tanishib, so'ngra aholini qiynab kelayotgan muammolarni tingladi. Jumladan, uchrashuvda fuqarolar tomonidan yaroqsiz holga kelib qolgan simyog'ochlarni almashtirish, aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash maqsadida 20 km suv quvuri tortish bo'yicha bir qator taklif va muammolar o‘rtaga tashlanib, ularning aksariyati o‘z o‘rnida yechimini topdi. Atroflicha o‘rganish taqozo etiladigan masalalar ro‘yxatga olinib, ularga mas’ullar va bajarish muddatlari tayinlandi.