Bugun, Sariosiyo tuman hokimi Abdisalom Xujaqulov mas‘ullar bilan birgalikda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, ijtimoiy soha ob’yektlarida isitish tizimlari, energiya ta’minoti bo‘yicha muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganib, kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida tuman tibbiyot birlashmasiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida tuman hokimi bemorlarga yaratilgan sharoitlar, xonalarni issitish tizimini ko‘zdan kechirib, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas‘ullarga vazifa yukladi.