Bugun 21 dekabr kuni Sariosiyo tuman hokimi Abdisalom Xujaqulov mas‘ullar bilan birgalikda “Turmushobod” mahallasi aholisini toza ichimlik suvi bilan ta‘minlash bo‘yicha olib borilayotgan amaliy ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Turmushobod mahallasida 8-ta ko‘cha mavjud bo‘lib homiylik asosida “Yangiobod” ko‘chasida artizan qudug‘i qazilib 1-dona 25 tonnalik suv sig‘imga ega bo‘lgan suv minorasi o‘rnatildi va 150 ta xonadonga suvi tarmog‘i tortilib aholini toza ichimlik suvi bilan ta‘minlandi.
Mahalladagi “Lolazor ” ko‘chasida ham 150 ta xonadonga toza ichimlik suvi bilan ta‘minlash maqsadida 2 ta artizan qudug‘i qazilib hozirda qurilish ishlari davom etmoqda.
Mahalladagi “Istiqlol ” ko‘chasida esa 100 ta xonadonni toza ichimlik suvi bilan ta‘minlaydigan 1 ta artizan qudug‘i qazilib 100 metr quvur olib kelinib ta’mirlash ishlari davom etmoqda hamda “Yangiobod” ko‘chasida maxsus texnika vositasi orqali artizan qudug‘ini qazish ishlari amalga oshirilmoqda (https://t.me/sariosiyohokimligi/20056?single).