Sariosiyo tumani hokimligi-44 NAFAR XOTIN-QIZLARGA SUBSIDIYA ASOSIDA TIKUV MASHINKALARI TOPSHIRILDI
...
27.01.2023
276 marta o'qildi

Hokim yordamchilarining tavsiyalariga asosan 12 turdagi subsidiyalar “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da ro‘yhatda turuvchi fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha ularning o‘zini-o‘zi band qilishi va doimiy daromadga ega bo‘lishlari maqsadida berilishi nazarda tutilgan.

Xususan, bugun Sariosiyo tuman hokimi Abduqodir Donayev, sektor rahbarlari va Sariosiyo tuman mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi boshlig‘i G'.Davlatov tomonidan 44 nafar vaqtincha ishsiz fuqarolarga hokim yordamchilari tavsiyasi bilan subsidiya asosida tikuv mashinalari topshirildi. Endilikda ushbu xotin-qizlar o'z bandligini ta'minlagan holda daromad manbaiga ega bo'ladi.

Imkoniyatlar, shart-sharoitlar yaratib berish, xotin-qizlarimizning faol turmush tarziga ega bo‘lishlari uchun ko‘maklashish davlatimizning doimiy e’tiborida bo‘lib turibdi. Bundan oqilona foydalanishlari uchun doimo xizmatdamiz-, deydi Sharq Yulduzi mahallasi xotin-qizlar faoli Umida Xolmirzayeva.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?