Sariosiyo tumani hokimligi-4 sektor rahbari aholi vakillarining muammolarini o‘rgandi Joriy yilning 1 fevral kuni 4-sektor rahbari G.Samiyeva sektor hududida joylashgan “M.Ulug‘bek” va “Billur” mahallalarida mas’ul tashkilot rahbarlari bilan birgalikda mahallada istiqomat qiluvchi fuqarolar holidan xabar olinib, ularning qiynab kelayotgan muammolari o‘rganildi va ba‘zilari o‘z yechimini topdi. Ayrim muamolar esa vaqt talab qilganligi bois tegishliligi bo‘yicha mas’ul xodimlarga ijrosini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berilib nazoratga olindi.
Belgilangan matnni tinglash uchun ushbu tugmani bosingMatnni tinglash!
Shuningdek, mahallaning obodligini ta’minlash maqsadida tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan mahallalar va yo‘l chetlarida tozalash ishlari olib borildi.