Sariosiyo tumani hokimligi-3 nafar xotin-qizlarga tikuv dastgohlari topshirildi
...
26.12.2022
139 marta o'qildi

Sariosiyo tuman Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi hamda tuman hokimligi tomonidan aholiga ko‘mak ko‘rsatish, ularning tadbirkorlik hamda hunarmandchilik faoliyatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida subsidiyalar ajratish ishlari davom etmoqda.

Bugun tuman hokimligida "Ayollar daftari"da turgan, bandligi ta'minlanmagan 3 nafat xotin-qizlarga hokim yordamchilarining tavsiyasiga asosan tikuv dastgohlari topshirildi.

Endilikda ushbu fuqarolar o‘zini-o‘zi band qilgan holda oilalariga qo‘shimcha daromad keltirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?