Sariosiyo tumani hokimligi-2023 yil Tashabbusli byudjet jarayonlaridagi yangiliklar yuzasidan seminar bo'lib o'tdi
...
26.01.2023
182 marta o'qildi

Sariosiyo tuman hokimligi katta majlislar zalida Aholini ijtimoiy himoya qilish hamda kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, Soliq va byudjet siyosatining 2023 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari, Surxondaryo viloyatida "Tashabbusli byudjet" jarayonlari bo‘yicha 2022 yil 1-2-mavsum natijalari mavzusida seminar bo'lib o'tdi.

Mazkur seminarda Sariosiyo tuman hokimi Donayev Abduqodir Haydarovich, xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri S.Abduraimov, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari Sh.Oripov, R.Nizomiddinov, viloyat Moliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i U.Choriyev, viloyat Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi boshlig‘i X.Normamatov, viloyat Soliq boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i - S.Rahmonqulov, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, mahalla raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.

Seminarda mutaxassislar tomonidan seminar ishtirokchilariga 2021 yil 1 sentabrdan boshlab 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa hamda bola 2 yoshga to‘lguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi o‘rniga kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi joriy etilganligi bois kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi, 2023 yildan boshlab «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari doirasida moliyalashtiriladigan tadbirlar jamoatchilik fikri asosida «Ochiq byudjet» axborot portali orqali ovoz berish yo‘li bilan aniqlanishi, bunda, aholi tomonidan amalga oshirilishi taklif etilayotgan tadbirlar har bir mahalla bo‘yicha bitta loyihalar paketi shaklida ovozga qo‘yilishi xususida batafsil ma'lumot berildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?