"O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 18 noyabrdagi 407-XII-son Qonuniga asosan Davlatimiz bayrog‘ining hozirgi sxematik va rangli tasviri tasdiqlangan.
Davlat bayrog‘i – O‘zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzidir. Davlat bayrog‘i xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasining timsoli bo‘ladi.
Bayrog‘imiz– mamlakat davlat suverenitetining ramzi hisoblanib, u yer yuzining shu sarhadlarida mustaqil O‘zbekiston davlati borligini anglatadi va o‘zida milliy-madaniy an’analarimizni mujassamlashtiradi.