Bugun, 12 dekabr kuni viloyat hokimligi tomonidan Zoom tarzida yig’ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishdan so‘ng, tuman hokimi Abdisalom Xujaqulov tomonidan kun tartibidagi masalalar muhokama qilindi. Yig‘ilishda sektor rahbarlari, hokimning sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, apparat xodimlari hamda tumandagi aloqador tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
Tuman hokimi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari va viloyat hokimining qaror va farmonlarida belgilangan vazifalar bo'yicha ijro intizomi, hududiy investisiya loyihalarining bajarilishi, ijtimoiy soha ob’yektlarida isitish tizimlari, energiya ta’minoti bo‘yicha yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish, kuz-qish mavsumiga asosiy turdagi oziq-ovqat zahirasini shakllantirish bo‘yicha mas’ullarga vazifalar belgilab berildi.