...
05.02.2024
100 marta o'qildi

Yosh tadbirkorlar va tadbirkorlikka qiziqishi mavjud bo‘lgan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi

Bugun, tuman hokimligi katta mjlislar zalida o‘tkazilgan uchrashuvda, tuman hokimi Abduqodir Donayev, tuman hokimligi mas’ullari, hokim yordamchilari, tijorat banklari rahbarlari, Iqtisodiyot va moliya bo‘limi hamda boshqa aloqador tashkilot vakillari, yosh tadbirkorlar va tadbirkorlikka qiziqishi mavjud bo‘lgan yoshlar ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida, bugungi kunda olib borilayotgan ishlar, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash,  xonadonlarning daromadini oshirish boʻyicha yaratilgan imkoniyatlardan keng foydalanish bo‘yicha qator taklif va mulohazalar bildirildi.

Yosh tadbirkorlar tomonidan koʻtarilgan muammo va takliflarni inobatga olgan holda, qabulda ishtirok etgan hamda tumanda faoliyat yuritayotgan yosh tadbirkorlar muammolarini hal etish va ularga amaliy yordam koʻrsatish maqsadida zarur tavsiyalar va sohaga oid ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, yosh tadbirkorlarning 12 ta masaladagi murojaati tinglandi. Murojaatlarning 5 tasi qabul davomida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan 7 ta murojaat ijro uchun mas’ullarga yo‘naltirilib, nazoratga olindi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?