Mamlakatimizda avtomobil transportida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish faoliyatini tartibga solish hamda rivojlantirishning huquqiy asoslari yaratilib, ularning ijrosi muntazam ta’minlanib kelinmoqda.
Xususan, bugun Sariosiyo tuman markazida yo‘lovchilarning yuqori darajadagi xavfsizligini ta’minlash, taksilar faoliyatini tartibga solish, avtotransport vositalarini aholiga qulay joyga ko‘chirish maqsadida, tuman hokimi Abduqodir Donayev, viloyat hamda tuman Ichki ishlar bo‘limi mas’ullari, soliq xizmati organlari tomonidan manfaatdor idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda Termiz, Toshkent va boshqa yo‘nalishlarda harakatlanayotgan taksilar ishtirokida nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
Nazorat tadbirlari davomida, haydovchilarga tuman aholisi va mehmonlariga qulaylik yaratish, tuman markazidagi tirbandlikni oldini olish hamda yo‘lovchilarning uzog‘ini yaqin qilish maqsadida Sariosiyo tumani Yangihayot mahallasida yangi foydalanishga topshirilgan avtoshoxbekat orqali tuman hududida, boshqa tuman va shaharlarga harakatlanish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida ko‘rsatma va tegishli tavsiyalar berildi.