Yil sarhisobi: Turizmni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar
Surxondaryo viloyati turizmni sohasida katta salohiyatga ega bo‘lib, vohada Omonxona, Sangardak kabi tabiiy maskanlar hamda 500 dan ziyod tarixiy obidalar mavjud.
Xususan, 2023-yilda turizmni rivojlantirish, mahalliy va xorijiy turistlarni keng jalb qilish, ularga zarur sharoitlar yaratish maqsadida viloyatda 14 ta yangi mexmonxona qurildi hamda Sangardak qishlog‘iga “turizm qishlog‘i” maqoni berildi. Shuningdek, umumiy qiymati 110 mlrd so‘m bo‘lgan, 200 o‘rinli “Sangardak” sanatoriyasi foydalanishga topshirildi.
Hozirda viloyatda yana 52 ta, 1 800 o‘rinli mehmonxonalarni qurish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.
Foto: Sariosiyo tumanida foydalanishga topshirilgan 200 o‘rinli “Sangardak” sanatoriyasi