Sariosiyo tumani hokimligi-Yil sarhisobi: Sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar
...
06.01.2024
86 marta o'qildi

Yil sarhisobi: Sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar

Surxondaryo viloyatida 2023-yil 13 ta yangi oilaviy shifokorlik punkti va 2 ta oilaviy poliklinika qurildi, 61 ta konteyner olis va chekka hududlarga o‘rnatilib, “Mahalla tibbiyot punktlari” tashkil etilishi hisobiga 237 mingga yaqin aholiga tezkor va sifatli birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yildi. Aholiga ko‘rsatilayotgan tez yordam xizmatini yaxshilash uchun 90 ta yangi zamonaviy, maxsus jihozlangan tez yordam avtomashinalari keltirildi.

Prezidentimiz tomonidan viloyatda tibbiyot sohasini rivojlantirish uchun ajratilgan 50 mlrd so‘m mablag‘ evaziga zamonaviy tibbiy jihozlar olib kelinmoqda.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filialiga 2 dona va Denov tumaniga 6 dona gemodializ apparati o‘rnatildi va viloyatda ularning soni 45 taga yetkazildi. Natijada viloyat markazidan tashqari Denov, Sariosiyo, Sherobod tumanlarida ham sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati yaratildi.

Shuningdek, ilmiy markazga Angiograf apparatini keltirish hisobiga yangi texnologiyali jarroxlik amaliyotlarini vohaning o‘zida amalga oshirish yo‘lga qo‘yiladi.

Foto: “Volkswagen Caddy 5” rusumli tez tibbiy yordam mashinalari topshirilishi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?