Sariosiyo tumani hokim Abduqodir Donayev tomonidan Lutfkor mahallasidagi Yangi O‘zbekiston massivida amalga oshirilayotgan qurilish hamda obodonlashtirishga doir tadbirlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida, qurilish ishlarini sifatli olib borish, joriy yilda foydalanishga topshirilishi belgilangan turar joylar va ijtimoiy soha obyektlari qurilishini muddatida yakunlash hamda qish mavsumiga shay holatga keltirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.