Tuman hokimi Abduqodir Donayev xalq bilan doimiy muloqot olib borish, mahallama-mahalla yurish orqali odamlarni qiynab kelayotgan muammolarni chuqur o‘rganish va hal qilish maqsadida Xonjiza mahallasidagi aholi va yoshlar bilan uchrashdi hamda navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabulda, tumandagi tegishli aloqador tashkilot va korxona rahbarlari, Xonjiza mahallasi fuqarolari hamda “mahalla yettiligi” ishtirok etishdi.
Sayyor qabulda fuqarolar tomonidan aholi chorva mollarini boqisihi uchun asosan yaylov yer maydoni ajratish yuzasidan murojaatlar kelib tushdi. Qabul qilingan murojaatlar tegishliligi bo‘yicha mas’ullarga yo‘naltirilib, qonuniy tartibda batafsil o‘rganib chiqish va ijobiy hal etish choralarini ko‘rish vazifasi yuklandi.
Qabuldan so‘ng, tuman hokimi mahalla fuqarolari tomonidan kelib tushgan murojaatlarni joyiga chiqqan holda o‘rganib muammolarni ijobiy hal etish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.
O‘tkazilayotgan bu kabi qabullar hamda uchrashuvlar, qilinajak sa’y-harakatlar avvalo inson qadrini ulug‘lash, shuningdek, chekka hududlarda istiqomat qilayotgan aholining muammolarini tinglash, bartaraf etish, Yangi O‘zbekistonga munosib vorislar qoldirish kabi ezgu maqsadlar ifodasidir.
Sayyor qabullar davom etadi