Sariosiyo tuman Xalq qabulxonasi binosida tuman hokimi Abduqodir Donayev tuman Xalq qabulxonasi mudirasi O.Jo‘rabekova bilan birgalikda fuqarolar ishtirokida qabul o‘tkazdi.
Ushbu qabulda, fuqarolarning muammolari tinglandi va yo‘llangan murojaatlar tegishli tartibda oʻrganilib, huquqiy tushunchalar berildi.
Murojaatlarning ba’zilari shu yerning o‘zida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qolgan murojaatlarning yechimi yuzasidan muddat belgilanib ijrosi qat’iy nazoratga olindi.