Sessiyani Xalq deputatlari tuman kengashi raisi Abduqodir Donayev boshqarib bormoqda. Kengash raisi kun tartibida ko‘rilishi belgilangan sakkizta masala bilan barchani tanishtirdi.
Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan, Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish to‘g‘risida Xalq deputatlari tuman Kengashining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari A.Jalilovning ma'ruzasi tinglandi.
“Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da Yoshlarga oid davlat siyosatining ijrosi yuzasidan Yoshlar ishlari agentligi Sariosiyo tuman bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari G.Dusanovaning hisobot tinglandi.
Sessiya yakuni bo‘yicha, ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan deputatlarining fikr-mulohazalari va takliflari inobatga olingan holda tegishli qarorlar qabul qilindi.
Kun tartibidagi masalalar bilan ushbu havola (orqali tanishishingiz hamda mazkur havola orqali esa siz Xalq deputatlari Sariosiyo tuman Kengashining 69-sessiyasi to'lliqligicha ko'rib chiqishingiz mumkin