Respublikasida inson hayoti va faoliyatining barcha sohalarida majburiy mehnatning oldini olish va unga to‘liq barham berishga doir aniq hamda amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xalqaro mehnat tashkiloti (keyingi o‘rinlarda XMT deb ataladi) bilan faol hamkorlik qilinmoqda, ushbu tashkilotning 14 ta, jumladan, 8 ta asosiy konvensiyasi, shuningdek, bolalar mehnati va majburiy mehnatga qarshi kurashishga doir konvensiyasi ratifikatsiya qilindi. Respublikada XMT Konvensiyalarini hayotga tatbiq etishga doir milliy harakatlar rejasi qabul qilindi, mazmuni va mohiyati XMT metodologiyasi bo‘yicha milliy mehnat qonunchiligini va mehnat bozorini rivojlantirishga, bandlikni, ijtimoiy muhofazani va aholi bilan muloqotni ta’minlashga yo‘naltirilgan Munosib mehnat bo‘yicha mamlakat dasturi bajarilmoqda. Ushbu Tashkilot ekspertlarining bevosita ishtirokida qishloq xo‘jaligida bolalar mehnati va majburiy mehnatdan foydalanish monitoringi olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida ham tizimli ravishda majburiy mehnat, jumladan bolalar mehnatidan foydalanishga qarshi keng ko‘lamli chora tadbirlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1481-moddasida voyaga yetmagan shaxslarning mehnatidan foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligi to‘g‘risidagi talablarni buzish, ya’ni Voyaga yetmagan shaxs mehnatidan uning sog‘lig‘iga, xavfsizligiga yoki axloq-odobiga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan ishlarda foydalanish, xuddi shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, - bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi deb qayd etilgan.
Ko‘rilgan chora-tadbirlar bolalar mehnatiga to‘liq barham berish, shuningdek, majburiy mehnatning oldini olish va bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun yetarli normativ-huquqiy bazani shakllantirish imkonini berdi, bu jahon hamjamiyati, xususan, XMT, Jahon banki va Yevroparlament tomonidan yuqori baholandi.
Jinoyat ishlar bo‘yicha Sariosiyo tuman sudining raisi I.Ergashev