Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Surxondaryoga tashrif bilan kelgan hindistonlik shifokorlar delegatsiyasini qabul qildi.
Uchrashuv davomida viloyatdagi davolash-profilaktika muassasalarining hamshira va shifokorlari malakasini oshirish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida Hindiston bilan qo‘shma ta’lim loyihasi, yuqori texnologik operatsiyalar, jumladan, bolalarda ilig ko‘chirish, jigar transplantatsiyasi kabi murakkab amaliyotlarni vohamiz shifokorlari bilan birgalikda amalga oshirish, hamkorlikda qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.