Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik Ramazon Ashropov hamda tuman hokimi Abduqodir Donayev, sektor rahbarlari bilan birgalik Sariosiyo tuman Farhod “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyiga tashrif buyurdi. https://t.me/sariosiyohokimligi/45734
“Muruvvat uyi” hovlisida jonliq soʻyilib, Qurʼon tilovat qilindi. Ushbu shifo maskanidagi vasiylikka olingan nogironligi bo'lgan ayollarga O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yillik bayrami arafasida ehsonlar ulashilib, salomatlik maskani shifokorlariga esdalik sovgʻalari topshirildi.
Ushbu “Muruvvat” uyida ayni paytda 300 nafar xotin-qiz vasiylikka olingan boʻlib, ularning barchasi aqliy va ruhiy xasta boʻlgan ayollardir. Bu maskandagilar boshqalardan nafaqat salomatlik jihatidan, balki mehr-muruvvatga tashnaliklari bilan ham ajralib turadi. Ularning baʼzilari birinchi va ikkinchi guruh nogironligi boʻlgan jismonan oʻzgalar koʻmagiga muhtoj ayollardir. Bu koʻmakni ularga qalblari xalatlaridek pok fidoyi shifokorlar tunu-kun koʻrsatib kelayotgani tahsinga loyiq.
“Muruvvat” uyidagi ayollar madaniy dam olishlari uchun kutubxona, musiqa, badiiy gimnastika, maʼnaviyat- maʼrifat xonalari mujassam qilingan. Oshxona, dam olish xonalari toza, ozoda va orasta.