Yurtimiz bo‘ylab davom etayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt va buta ko‘chatlari ekish tadbirlari qizg‘in davom etmoqda.
Xususan, bugun 6-aprel kuni Sariosiyo tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tumanning “Bo‘yrapusht” mahallasi hududidagi 4,0 gektar yer maydonida hashar tashkil etildi.
Ushbu hasharda, tumandagi barcha korxona, tashkilot va muassasalarning 1 500 ga yaqin rahbar hamda xodimlari va faollar ishtirok etdilar. Hashar davomida, 3 800 dan ziyod mevali (Dashnobod anor ko‘chati) va 300 ga yaqin manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Bu kabi xayrli ishlar tumanimizda davom etmoqda.
Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi – bu bir yillik tadbir emas”. Darhaqiqat, yashab turgan joyimizni ozoda saqlab, bizdan keyingi avlod ham munosib tabiiy muhitda yashashlari uchun bugun biz tabiatga mehr va e’tibor bersak kelajak avlod ham munosib ekologik sharoitda yashaydi. Buning uchun biz yer va suv resurslarini, ekologik tizimni asrash hamda daraxt ko‘chatlarini ekib, bog‘ yaratishimiz zarurdir.