Sariosiyo tumani hokimligi-Tumandagi mahallalarda qarorlar ijrosi o‘rganilmoqda
...
13.02.2024
179 marta o'qildi

Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari M.Qultayev hamda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Sariosiyo tuman bo‘limi boshlig‘i S.Sheraliyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.09.2023-yildagi “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-306-sonli hamda 09.01.2024-yildagi “2024-yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish dasturi to‘g‘risida”gi PQ-7-sonli qarorlarining ijrosini o‘rganish yuzasidan tumanning “Nurobod”, “Gulobod” va “Yangihayot” mahallalari raislari, hokim yordamchilari va faollari bilan uchrashib, qarorlar ijrosi yuzasidan mahallalarda amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.

Shuningdek, mahalla obodligini ta’minlash, jumladan, “Obod mahalla”, “Obod ko‘cha”, “Obod xonadon” mezonlarini joriy etishda aholining faol ishtiroki va mas’uliyatini oshirish, “Ma’naviyat sektori” faoliyatini samarali tashkil etish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt va buta ko‘chatlari ekish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini amalga oshirish, har oyda bir marotaba mahalladagi barcha ko‘chalarda ommaviy hashar uyushtirish yuzasidan suhbatlar o‘tkazildi.

Suhbat davomida, mahalla faollariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabr kunidagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 209-sonli farmoni hamda “O‘zbekiston mahallari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 402-sonli qarorining mazmun mohiyati tushuntirib berildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?