Tumandagi mahallalar faoliyati o‘rganilmoqda
Bugun, 1-fevral kuni O‘zbekiston mahallalari uyushmasining Surxondaryo viloyat Sariosiyo tuman bo‘limi boshlig‘i S.Sheraliyev tomondan tumanning “Gulobod, “Ehtirom” hamda “Feruz” mahalla raislari va faollari bilan mahalla obodligini ta’minlash, jumladan, “Obod mahalla”, “Obod ko‘cha”, “Obod xonadon” mezonlarini joriy etishda aholining faol ishtiroki va mas’uliyatini oshirish, “Ma’naviyat sektori” faoliyatini samarali tashkil etish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt va buta ko‘chatlari ekish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini amalga oshirish, har oyda bir marotaba mahalladagi barcha ko‘chalarda ommaviy hashar uyushtirish, kamida 2 ta ehtiyojmand oilalarning ta’mirtalab xonadonida qo‘ni-qo‘shnilarni jalb etgan holda, hashar tashkil etishi yuzasidan suhbat o‘tkazildi.
Suhbat davomida, mahalla raislariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabr kunidagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 209-sonli farmoni hamda “O‘zbekiston mahallari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 402-sonli qarorining mazmun mohiyati tushuntirib berildi.