Sariosiyo tumani hokimligi-Tumandagi biolaboratoriyalar faoliyati o‘rganildi
...
31.01.2024
91 marta o'qildi

Tumandagi biolaboratoriyalar faoliyati o‘rganildi

Bahor mavsumi qishloq xo‘jaligida zarur agrotexnik va biologik kurash tadbirlarini amalga oshirish uchun sermahsul davr. Aynan shu faslda o‘simlik zararkunandalariga qarshi kurash tadbirlarining birinchi bosqichi amalga oshiriladi. Ularning o‘z vaqtida va to‘g‘ri tashkil etilishi yuqori hosildorlik garovidir.

Shunga ko‘ra, bugun tuman hokimi Abduqodir Donayev tumanning Xufar hamda Bobur hududlaridagi biolaboratoriyalar faoliyati va undagi yaratilgan sharoitlar hamda yetishtiriladigan biomahsulotlarning mavsumiga tayyorgarlik holati bilan tanishdi.

Jumladan:
-Xufar hududidagi “Frindes Gardin” MCHJ qoshidagi biolaboratoriya faoliyati, boimahsulotlarning mavsumiga tayyorligi ko‘zdan kechirildi. Ekin zararkunandalariga qarshi kurashishda biolaboratoriyaning moddiy-texnik imkoniyatini mustahkamlash, biologik usulda himoya qilish xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi;
-Shuningdek, Bobur hududidagi “Shahnoza Davronbek” biolaboratoriyasida ham bo‘linib, brakon, oltinko‘z biomahsulotlarini ko‘paytirish ishlarining borishi bilan tanishildi.

Ma’lumot o‘rnida:

Jahonda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga talab kun sayin ortib boryapti. Taklif etilayotgan mahsulot sifati xalqaro standartlarga mos, fitosanitar talablariga javob bersagina xorij bozorlarida o‘z o‘rnini topadi. So‘nggi yillarda yurtimizda sifatli oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish hamda eksport ko‘lamini oshirish borasida barcha zaruriy choralar ko‘rilmoqda.

Biologik kurash usuli o‘z-o‘zidan tabiiy sharoitlarni nazarda tutadi. Bunda o‘simliklar zararkunandalari va kasalliklariga qarshi biomahsulotlar, ya’ni foydali hasharotlardan foydalaniladi. Laboratoriya sharoitida ko‘paytirilgan oltinko‘z, trixogramma, brakon singari entomofaglar (foydali hasharotlar) dalaga tarqatiladi va ular zararli hasharotlarni yeb tugatadi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?