Sariosiyo tumani hokimligi-Tumanda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tadbirlari davomida
...
06.02.2024
141 marta o'qildi

“Agar biz bu yorug‘ dunyoda “o‘zbek”, “O‘zbekiston” degan nomlar bilan yashab qolishni istaydigan bo‘lsak, bu savollarga bugun javob topishimiz va ularni hal etish bo‘yicha amaliy harakatlarni aynan bugun boshlashimiz shart”.

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va kasb-hunarga o‘qitish hamda malakali kadrlar bo‘lib yetishishlariga ko‘maklashish ishlari samaradorligini yanada oshirish maqsadida Sariosiyo tuman hokimligi, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamkorligida 5-sonli Ayrim fanlar chuqur oʻqitiladigan maktab internatida tumandagi umumta’lim maktablaridagi ChQBT o‘qituvchilari va yoshlar ishtirokida maktablardagi “Ma’naviyat sektori” faoliyatini samarali tashkil etish hamda ChQBT xonalarini jihozlash ishlari boʻyicha amaliy seminar tashkil etildi.

Tadbirda, tuman hokimi Abduqodir Donayev har qanday davlatning jadal rivojlanishi, muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon bo‘lishi o‘sha davlatda yoshlar ta’lim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan e’tibor darajasiga bog‘liqligi, shu ma’noda Yangi O‘zbekistonda yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligini haqida ta’kidladi.

Tumanda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tadbirlari davomida



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?