Bugungi kunda xalq bilan uchrashib, joylarga chiqib ularning dardiga quloq tutish, shu orqali aholining roziligiga erishish har bir rahbarning bosh vazifasiga aylangan.
Shu maqsadda, Sariosiyo tumani 2-sektor hududida joylashgan “Kelajak sari” mahallasida tuman prokurori B.Oltibayevning fuqarolar bilan "Sayyor qabuli" bo‘lib o‘tdi.
Qabulda mahalla fuqarolari o'zlarining muammo va takliflari yuzasidan murojaat qilishdi. Yo‘llangan murojaatlarning aksariyati shu yerning o‘zida o‘z yechimini topgan bo‘lsa qolgan vaqt talab etuvchi murojaatlarni bartaraf etish yuzasidan muddat belgilanib, tegishliligi bo‘yicha mas’ullarga yo‘naltirildi.