...
27.03.2024
69 marta o'qildi

Sariosiyo tuman hokimi Abduqodir Donayevning har hafta bo‘lib o‘tadigan fuqarolar qabulidan tashqari mahallalarda sayyor qabullar, aholi va yoshlar bilan uchrashuvlar ham bo‘lib o‘tmoqda.

 

Jumladan, bugungi sayyor qabul tumanning tog‘li hududi hisoblangan Nilu mahallasida o‘tkazildi. Qabulda tumandagi tegishli aloqador tashkilot va korxona rahbarlari, Nilu mahallasi faollari hamda fuqarolari ishtirok etishdi.

 

Dastlab, tuman hokimi A.Donayev tomonidan Nilu mahallasi fuqarolarning migratsiyada yurgan yaqin qarindoshlari bilan bog‘lanib ularni hushyorlikka chorlash haqida tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.

 

Sayyor qabul davomida, fuqarolar tomonidan maktab uchun qo‘shimcha bino qurish, yo‘l belgilarini o‘rnatish, yuqori Nilu qishlog'idan olib kelinayotgan toza ichimlik suvi uchun quvurlar bilan ta’minlash yuzasidan yo‘llangan murojaatlar ro‘yxatga olinib, tegishli tartibda ijroga qaratildi.

 

 



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?