Sariosiyo tuman hokimi Abduqodir Donayevning har hafta bo‘lib o‘tadigan fuqarolar qabulidan tashqari mahallalarda sayyor qabullar, yoshlar bilan uchrashuvlar ham bo‘lib o‘tmoqda.
Jumladan, bugungi sayyor qabul tumanning “Bog‘ishirin” mahallasida o‘tkazildi. Qabulda tumandagi tegishli aloqador tashkilot va korxona rahbarlari, “Bog‘ishirin” mahalla fuqarolari va yoshlari ishtirok etishdi.
Sayyor qabul davomida, mahalla fuqarolari va yoshlari tomonidan elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash, 70-sonli umumta’lim maktabi hududidan zamonaviy sport-zal binosi qurib berish, tug‘ilganlik haqidagi guvohomasini qayta tiklash yuzasidan yo‘llangan murojaatlar ro‘yxatga olinib, tegishli tartibda ijroga qaratildi.