...
05.03.2024
66 marta o'qildi

Sariosiyo tuman hokimligi binosida navbatdagi fuqarolar qabuli boʻlib oʻtdi

Bugun, 5-mart kuni Sariosiyo tumani hokimligi katta majlislar zalida tuman hokimi Abduqodir Donayevning fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Qabulda sektor rahbarlari, tuman hokimining sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, tumandagi aloqador korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.

 

Qabulda ijtimoiy himoya, uy-joy, yaylov yer maydoni, ichimlik suvi, kabi masalalarda murojaat qilib kelgan 35 nafar fuqarolarning murojaatlari ko‘rib chiqildi. Qabul davomida fuqarolar tomonidan berilgan har bir murojaatlar batafsil o‘rganilib, ijobiy hal etilishi va qonun doirasida o‘rganilishi yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga ko‘rsatmalar berildi.

 

Eslatib o‘tamiz, tuman hokimining fuqarolar qabuli haftaning har Seshanba kuni bo‘lib o‘tadi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?