Tuman hokimining navbatdagi fuqarolar qabuli boʻlib oʻtdi
Bugun, 6-fevral kuni Sariosiyo tumani hokimligi katta majlislar zalida fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Qabulda tuman hokimi Abduqodir Donayev, tuman hokimining sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.
Qabulda, ijtimoiy himoya, kredit, ichimlik suvi, yer maydoni va subsidiya kabi masalalarda murojaat qilib kelgan 17 nafar fuqarolarning murojaatlari koʻrib chiqildi. Qabul davomida fuqarolar tomonidan berilgan har bir murojaatlar batafsil o‘rganilib, ijobiy hal etilishi va qonun doirasida o‘rganilishi yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga ko‘rsatmalar berildi.
Eslatib oʻtamiz, tuman hokimining fuqarolar qabuli haftaning har Seshanba kuni boʻlib oʻtadi.