...
30.01.2024
64 marta o'qildi

Tuman hokimi qishloq va suv xo‘jaligi sohasi alamga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi

Tuman hokimi Abduqodir Donayev, tuman Suv yetkazib berish xizmat davlat muassasasi rahbari R.Turdiyev bilan birgalikda qishloq va suv xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan ishlarni izchil o‘rganish, jumladan, g‘alla parvarishi, ichki ariqlarni betonlash ishlarining borishi, eksportbop mahsulot yetishtirishda agrotexnik tadbirlarning bajarilishini nazorat qilish, shuningdek, suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarida tomchilatib yoki yomg‘irlatib sug‘orish tizimlarining joriy etilganlik holatlarini o‘rganish maqsadida tumanning So‘fiyon va S.Kassirov hududlaridagi klaster va fermer xo‘jaliklarning yerdan samarali foydalanish holatini ko‘zdan kechirdi.

Tashrif doirasida, tuman hokimi birinchi navbatda klaster va fermer xo‘jaligi rahbarlari bilan uchrashib, belgilangan yer maydoniga boshqa turdagi ekin mahsulotini ekmaslik hamda klaster va fermer xo‘jaligi yer maydonining atrofidagi ariq va zovurlarni betonlash ishlarini to‘liq yakunlash, tut, tok ko‘chatlari ekish bo‘yicha topshiriq berdi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?