Sariosiyo tuman hokimi Abduqodir Donayev Tortuli mahallasida aholi va yoshlar bilan uchrashdi
Tuman hokimi Abduqodir Donayev xalq bilan doimiy muloqot olib borish, uyma-uy, mahallama-mahalla yurish orqali har bir xonadonga kirib borish, odamlarni qiynab kelayotgan muammolarni chuqur o‘rganish va hal qilish maqsadida Tortuli mahallasida aholi va yoshlar bilan uchrashdi hamda sayyor qabul o‘tkazdi.
Sayyor qabulda, aholini qiynab kelayotgan masalalar, xususan, elektr ustunlarini yangilash va ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, subsidiya asosida asbobo-uskuna bilan ta’minlash kabi murojaatlari tinglandi.
Qabulda yo‘llangan murojaatlarning ba’zilari shu yerda o‘z yechimini topgan bo‘lsa, qolgan murojaatlarning yechimi yuzasidan muddat belgilanib, tegishliligi bo‘yicha mutasaddilarga yo‘naltirildi hamda ijrosi nazoratga olindi.