Sariosiyo tumani hokimligi-Tuman hokimi Abduqodir  Donayev yoshlarga murojaatini yo'lladi.
...
29.02.2024
62 marta o'qildi

Tuman hokimligi katta majlislar zalida uyushtirilgan tadbirda, tuman hokimi Abduqodir Donayev, tuman hokimi o'rinbosari Asqar Qurbonov hamda yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi, 61 ta mahalla yoshlar yetakchilari hamda volontyor yoshlar ishtirok etishdi.

 

Dastavval tuman hokimi A.Donayev so'zga chiqib, yoshlarga o'z murojaatini yo'lladi.


So‘nggi yillarda mamlakatimizda Davlat Rahbari rahbarligida va tashabbusi bilan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, intellektual salohiyati, iqtidori va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda.

 

Mamlakatimizda Prezidentimiz tashabbuslari bilan yoshlar bilan ishlash bo‘yicha mutlaqo yangi – vertikal tizim yaratildi. Mahallalarda yoshlar yetakchilari institutining joriy etilganligi esa siz yoshlarning murojaatlaringizni sizlar yashaydigan joyning o‘zida hal etish imkonini bermoqda.

 

Amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida barcha sohalarda tumanimiz yoshlarining ijtimoiy faolligi oshganligini ko‘rishimiz mumkin.

 

Bugungi kunda tumanimizda 30 yoshgacha bo‘lganlar 98 ming 371 nafarni, 14-30 yoshdagilar esa 52 ming 754 nafarni tashkil etmoqda.


Tumanimiz yoshlarining qiziqishlarini o‘rganish uchun yil boshida mahallalarda o‘tkazilgan xatlov natijalari asosida sizlar bilan manzilli ishlash bo‘yicha 9 ta yo‘nalishda maxsus kompleks dastur ishlab chiqildi. Bugungi kunda dasturda belgilangan tadbirlar ijrosini ta’minlashga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.


Jumladan, 760 nafar davlat ko‘magiga muhtoj yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini hal qilish orqali ularning hayotini yaxshilashga ko‘maklashamiz;


Mahallalar kesimidagi “Yoshlar bandlik dasturlari” orqali 3  ming 218 nafar ish bilan band bo‘lmagan hamda bitiruvchi yoshlarimizning bandligini ta’minlaymiz.

 

Shuningdek, ushbu maqsadlarimizni amalga oshirish uchun tumanimizda 6 ta maktab, 4 ta sport maydonchalari barpo etiladi.


Tumanimizda yosh avlodning sifatli ta’lim olishi, ularning jismoniy va ma’naviy sog‘lom, vatanparvar insonlar bo‘lib voyaga yetishi uchun barcha kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz, deydi tuman hokimi.

 

Tadbir so'ngida yoshlarimiz o‘zlarini qiziqtirgan savol va takliflar bilan tuman hokimiga murojaat etdilar. Murojaatlar o‘rganilib, hal etilishi belgilandi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?