Sariosiyo tumani hokimi Abduqodir Donayev rahbarligida navbatdagi muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi. Muhokamada topshiriqlar ijrosi yuzasidan tuman hokimining birinchi va sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, aloqador tashkilot va korxonalar rahbarlari hamda mas’ullarning axborotlari-hisobotlari eshitildi.
Yig‘ilishda, kunlik topshiriq va murojaatlar ijrosi, ijro intizomi tahlili, soliq tushumlari, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi ijrosi, muammoli kreditlar bilan ishlash, yashil makon umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlarining borishi, ichki ariqlarni betonlash, jumladan M 41 magistral yo‘li bo‘yidagi obodonlashtirish masalalari tahlil qilindi.
Shuningdek, yig‘ilishda tuman hokimi tomonidan mas’ullarga dolzarb masalalar ijrosi yuzasidan bajarilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalar belgilab berildi.