Sariosiyo tuman hokim Abduqodir Donayev rahbarligida navbatdagi muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi. Muhokamada topshiriqlar ijrosi yuzasidan tuman hokimining birinchi va sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, aloqador tashkilot va korxonalar rahbarlari mas’ullarning axborotlari tinglandi.
Yig‘ilishda, topshiriq va murojaatlar ijrosi, ijro intizomi tahlili, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturiga asosan belgilangan vazifalar ijrosi, aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, qurilish-kommunal xo‘jalik masalalari, ijtimoiy soha, tibbiyot va ta’lim sohasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, soliq tushumlari, muammoli kreditlar bilan ishlash, aholi va tadbirkorlarga energiya tejamkor uskunalar hamda quyosh panellarini sotib olish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari birma-bir tahlil qilindi.
Shu bilan birgalikda kelgusida bajarilishi zarur bo‘lgan ishlar belgilab olindi.