Sariosiyo tuman hokim Abduqodir Donayev rahbarligida navbatdagi muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi. Muhokamada topshiriqlar ijrosi yuzasidan tuman hokimining birinchi va sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, aloqador tashkilot va korxonalar rahbarlari mas’ullarning axborotlari tinglandi.
Yig‘ilishda, ijro intizomi tahlili, yashil makon umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish, aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, qurilish-kommunal xo‘jalik masalalari, ijtimoiy soha, tibbiyot va ta’lim sohasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, soliq tushumlari, muammoli kreditlar bilan ishlash masalalari birma-bir tahlil qilindi.
Yig‘ilishda, tuman hokimi tomonidan mas'ullarga dolzarb masalalar ijrosi yuzasidan bajarilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalar belgilab berildi.