Sariosiyo tumani hokimligi-Topshiriqlar ijrosi muhokamasi bo‘ldi 2024-yil 12-iyul
...
12.07.2024
65 marta o'qildi

Tuman hokimligi katta majlislar zalida tuman hokimi Abduqodir Donayev hamda viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Sh.Rajabov rahbarligida mahallalarda soliq tushumi bilan ishlash bo‘yicha muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

 

Muhokama yig‘ilishida, soliq tushumlari ijrosi yuzasidan tuman hokimining birinchi va sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, aloqador tashkilot va korxonalar rahbarlari mas’ullarning axborotlari tinglandi.

 

Shuningdek, muhokamada soliq tushumlari, muammoli kreditlar bilan ishlash hamda mavjud qarzdorliklarning so‘ndirilishi kabi masalalar ham tahlil qilindi.

 

Mas’ullarga topshiriqlar ijrosini ta’minlash, mahallalarda soliq tushumi bo‘yicha tizimli ishlash, tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ishlarning sifatli bajarilishi yuzasidan vazifalar belgilab berildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?