Tuman hokim Abduqodir Donayev tomonidan navbatdagi muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi. Muhokamada kunlik topshiriqlarning ijrosi yuzasidan tuman hokimining birinchi va sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, aloqador tashkilot va korxonalar rahbarlari mas’ullarning axborotlari tinglandi
Shuningdek, muhokamada eksport masalasi, yoshlar bilan ishlash, tibbiyot va ta’lim sohasi, soliq tushumlari, muammoli kreditlar bilan ishlash, qurilish, qishloq va suv xo‘jaligi masalalari, sel xavfi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammoli holatlarni oldini olish, murojaatlar bilan ishlash, kommunal xizmatlarning ko‘rsatilishi kabi masalalari birma-bir tahlil qilindi.
Tuman rahbari belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, loyihalarni muddatida amalga oshirish, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ishlarning sifatli bajarilishi yuzasidan hafta davomida bajarilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalarni belgilab berildi.