Sariosiyo tumani hokimi A.Donayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi, Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i Q.Ibrohimov, viloyat prokurorining o‘rinbosari R.Turdiyev hamda sektor rahbarlari hamrohligida Bog‘iston mahallasida joylashgan 48-sonli umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, mavjud ko‘mir zaxirasi, qozonxonalarning ishlashi va isitish tizimining holatini ko‘zdan kechirib, ta’lim muassasasining issiqlik tizimini belgilangan me’yorlarda ishlashini ta’minlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalarni berildi.