Sariosiyo tumani hokimligi-To‘g‘ri yozamiz 03.04.2024-yil
...
03.04.2024
143 marta o'qildi

Ko‘pchilik sana yozganda quyidagi xatolarga yo‘l qo‘yadi:

 

      1. Sana so‘zini noto‘g‘ri qo‘llash
      Aksar odamlar sana deganda faqatgina kunning o‘zini tushunar ekan. Menimcha, sana bu – yilning qaysi kuni ekanligi. Yil, kun, oy birgalikda sanani tashkil etadi.

 

          2. Sanani xato yozish

      Aksar o‘zbeklar sanani kun, oy, yil tartibida yozib qo‘yadi – 29-yanvar 2024-yil tarzida. Bu usul o‘zbek tilining uslubiga xos emas. O‘zbek tilida sana aytilganda avval yil, keyin kun, keyin oy aytiladi. Shuning uchun 2024-yil 29-yanvar, deya yozish to‘g‘ri bo‘ladi.

 

      3. Sanani xato qisqartirish

    Ko‘pchilik sanani kun, oy, yil tarzida qisqartirar ekan – 29.01.2024. Bu Britaniya ingliz tilisi yoxud rus tili uslubi hisoblanadi. Ularning og‘zaki nutqida ham avval kun, keyin oy, keyin yil aytiladi. Qisqartirishlari ham shunga hamohang. 01.29.2024. deya qisqartiradiganlar esa Amerika ingliz tilisi qoidasiga amal qilishlarini bilishmasa kerak. (https://www.grammarly.com/blog/how-to-write-dates/)

 

      O‘zbek tilida avval yil, keyin kun, keyin oy aytilar ekan, qisqartirish ham shunga mos bo‘lishi kerak – 2024.29.01. Bunday qisqartirish usuli amalda ekanini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti tomonidan 2020-yilda chop etilgan “Davlat tilida ish yuritish” amaliy qo‘llanmasidan bilib olsa bo‘ladi. (http://til.gov.uz/uz/literature/guide) Istalgan hujjat ostiga qo‘yilgan sana yil, kun, oy tartibida.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?