Sariosiyo tumani hokimligi-Til milliy o‘zligimiz, g‘urur-iftixorimizdir
...
21.10.2024
28 marta o'qildi

Til davlat timsoli, millat ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir. Milliy o‘zligimizni anglashning muhim vositalaridan biri - o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga o‘ttiz besh yil bo‘ldi. Shu munosabat bilan ayni kunlarda yurtimiz bo‘ylab ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, adabiy uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

 

Shunday tadbirlardan biri bugun Sariosiyo tumani Madaniyat markazida 21-oktabr - O‘zbek tili bayramining 35 yilligi munosabati bilan “Qadring baland boʻlsin, Ona tilim!” shiori ostida bo‘lib o‘tdi.

 

Bayram tadbirida Sariosiyo tuman hokimi Abduqodir Donayev so‘zga chiqib, o‘zbek tilining dunyodagi eng jozibador, eng boy muloqot vositasi ekanini alohida ta’kidlab, jahondagi ilk leksikologik lug‘at ham aynan o‘zbek tilida yozilganini qayd etdi. Shuningdek, olimlar, tilshunoslar o‘z so‘zlarida mamlakatimizda mustaqillikkacha qabul qilingan “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonunning tilimizni asrab-avaylash va nufuzini oshirishdagi ahamiyati hamda keyingi yillarda qaratilayotgan yuksak e’tibor haqida so‘z yuritishdi.

 

Shundan so‘ng tadbirning badiiy qismi boshlanib ona tilimizni madh etuvchi she’rlar hamda ijro etilgan kuy qo‘shiqlar tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?