Telefon raqamlarini yozish borasida hech qayerda aniq ko‘rsatmalar berilmagan (yoki biz bilmaymiz), shu bois ularning imlosida ko‘proq mantiqqa tayanishga to‘g‘ri keladi.
1. Odatda avval telefon so‘zi yozilib, ikki nuqta qo‘yiladi, keyin esa bir joy tashlab raqam kiritiladi.
2. Telefon so‘zini qisqartirib yozish mumkin, bunda unga nuqta va ketidan ikki nuqta qo‘yiladi, ikki nuqtani qo‘ymasa xatolik hisoblanmaydi: tel.: yoki tel.
3. Xalqaro qo‘ng‘iroqlar bo‘lishi mumkin bo‘lgan tashkilot raqami bo‘lsa, raqamni davlat kodi bilan yozish kerak: +998...
4. Orqadan ikki raqam sanab, ikki marta chiziqcha (defis) qo‘yiladi: 98 765-43-21
5. Odatda operator kodi qavsga olinadi, lekin bu mantiqan to‘g‘ri emas. O‘zi qavs ichiga to‘ldiruvchi va qo‘shimcha ma’lumotlar kiritiladi. O‘zbekistonda 2019-yildan beri operator kodini termasdan qo‘ng‘iroqlar amalga oshirib bo‘lmaydi. Avval bu qo‘shimcha ma’lumot edi, hozirda asosiy ma’lumotga aylangan. Shuning uchun operator kodini qavsga olmagan ma’qul:
98 765-43-21
+998 98 765-43-21