Ikki yildan buyon yurtimizda “Tashabbusli budjet” doirasida ajratilayotgan mablag‘lar hududlarda yashovchi aholining yillar davomida yig‘ilib qolgan eng dolzarb muammolariga yechim bo‘lmoqda.
Sariosiyo tumanida ham bu borada olib borilayotgan ishlar hudud ijtimoiy va iqtisodiy holatini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Tumandagi "Sebzor" mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi mazkur loyihaning joriy yilgi birinchi mavsumida faol ishtirok etib, o‘z tashabbuslarining g‘oliblar qatoridan o‘rin olishgan edi.
Ayni kunlarda mahallalardagi ichki yo‘llarini ta’mirlash va asfaltlash ishlari olib borilmoqda.