Sariosiyo tumani hokimligi-Tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha seminari o‘tkazildi
...
08.02.2024
98 marta o'qildi

Sariosiyo tumanida tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha amaliy o‘quv seminari o‘tkazildi

Bugun, Sariosiyo tumanida Prezidentimizning 2024-yil 9-yanvardagi “2024-yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish dasturi to‘g‘risida”gi PQ-7-sonli qarori bilan belgilangan tadbirlar ijrosini ta’minlash, tadbirkorlar uchun yaratilgan imkoniyat va imtiyozlarni tushuntirish maqsadida Respublika ishchi guruhi tomonidan amaliy o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminarda, soha mutaxassislari tomonidan tadbirkorlik, xususan, hunarmandchilik, kasanachilik hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi loyihalarni amalga oshirishga ko‘maklashish yuzasidan mahallalarda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilariga zarur ko‘rsatma tushuntirishlar berildi.

Seminar davomida, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda imtiyozli kreditlarni ajratish, undan samarali foydalanishni tashkil etish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?