Sariosiyo tumani hokimi Abduqodir Donayev tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish, yangi taklif va tashabbuslarni ko‘rib chiqish hamda tegishli chora-tadbirlarni belgilash maqsadida navbatdagi “Tadbirkorlar qabuli”ni o‘tkazdi.
Tadbirkorlar qabulida, 3 nafar tadbirkorning kredit olish, qarzdorlikni undirib berish va yer maydoni bilan bog‘liq turli masalalardagi murojaatlari tinglandi.
Tuman rahbari tomonidan mas’ullarga, tadbirkorlar bilan bevosita ishlash, muammolarini hal etilishiga ko‘maklashish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.