Sariosiyo tumani hokimligi-Tadbirkorlar qabuli
...
11.03.2024
63 marta o'qildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish, yangi taklif va tashabbuslarni ko‘rib chiqish hamda tegishli chora-tadbirlarni belgilash maqsadida hududiy studiyalar orqali navbatdagi “Tadbirkorlar qabuli”ni o‘tkazdi.

Unda 73 nafar tadbirkorning murojaatlari tinglandi, 13 tasi qabul davomida hal etildi hamda 62 ta murojaat ijrosi yuzasidan mas’ullarga vazifalar belgilab berildi.

Qabulda, shuningdek, viloyatda investitsiya, sanoat va eksport bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan loyihalarning ijrosi muhokama qilindi. Erishilgan natijalar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlil qilindi.

Eslatma: Tadbirkorlarimizdan o‘zlarini qiynayotgan muammolar, yangi taklif va tashabbuslar yuzasidan quyidagi telegram botga murojaat qilishlarini so'raymiz:



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?