Ta’lim sohasini rivojlantirish bo‘yicha tuman Kengash raisi, tuman hokimi Abduqodir Donayev rahbarligida maktab ta’limi sohasini rivojlantirishdagi mavjud muammolar, yo‘l qo‘yilgan xatolar hamda kelgusidagi vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda tumandagi umumta’lim maktablarini o‘rganish natijalari tahlil qilindi. Ayrim maktablarda ta’lim-tarbiya ishlari to‘g‘ri tashkil qilinmaganligi, “Otalar yig‘ilishi” va “Otalar qabul kuni” kabi tadbirlar nomiga o‘tkazilib, o‘quvchilar ta’limiga yetarlicha e’tibor qaratilmayotganligi qayd etildi.
Mas’ullarga o‘quvchilar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasini olib borish, darslarga muntazam qatnashmayotgan o‘quvchilarni mashg‘ulotlarga jalb qilish, ta’lim sifati past bo‘lgan maktablarda seminarlar o‘tkazish hamda “Otalar yig‘ilishi” va “Otalar qabul kuni” tadbirlarini sinflar kesimida tashkil etish vazifasi topshirildi.
Shuningdek, maktab va bog‘chalarda autsorsing xizmati ko‘rsatish borasidagi xato va kamchiliklarni barataf etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilab berildi.