Bugun Prezidentimiz Namangan viloyatiga tashrifi davomida iftorlik tadbirlarida ishtirok etdi (https://t.me/shmirziyoyev/21198). Shuningdek, yurtimizning barcha hududlari singari Surxondaryodagi shahar va tumanlarda ham iftorlik tadbirlari o‘tkazildi.
Xususan, Termiz shahridagi “Muhtasham" tantanalar saroyida xayru-barokat oyi – Ramazon oyining navbatdagi iftorlik tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, nuroniylar, vohamiz faollari hamda diniy soha vakillari ishtirok etishdi.
To‘kin dasturxon atrofida o‘tkazilgan iftorlik yakunida viloyat muftiysi Qur’on tilovat qildi. Duolar ijobat bo‘ladigan Muborak Ramazon oyida yurtimizga tinchlik, osoyishtalik, Vatanimiz obodligi va oilalar faravonligini so‘rab duo qo‘l ochildi.