Sariosiyo tumani hokimligi-Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi
...
01.02.2024
116 marta o'qildi

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-leytenant Po‘lat Bobojonov va Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida viloyat, shahar va tumanlar sektorlari, huquqni muhofaza qiluvchi hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari ishtirokida ichki ishlar organlarining xizmat faoliyatiga oid tezkor yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda dastlab tashkiliy masala ko‘rildi. Polkovnik Ismailov Timur Kamalatdinovich Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. T.Ismailov 1983-yil Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanida tug‘ilgan. Tayinlovga qadar Ichki ishlar vazirligi Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, viloyat Ichki ishlar boshqarmasining avvalgi boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismoilov kuni-kecha Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangandi. Yig‘ilishda so‘zga chiqqan viloyat faollari va nuroniylar Abduvoxid Ismoilovning Surxondaryodagi samarali faoliyati uchun minnatdorchilik bildirishdi



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?